Milliy saylov qonunchiligi haqida tushuncha berildi

14.09.2024

138

msk_yangiliklari_in

Joriy yilning 11 sentyabr kuni Qorao‘zak tumanida "Yangi O‘zbekistonda milliy saylov qonunchiligi hamda aholini ijtimoiy himoya qilish masalalari" mavzusida Qoraqalpog‘iston Respublikasi Markaziy saylov komissiyasi va "Ombudsman maktabi" loyihasi doirasida O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlisining Inson huquqlari bo‘yicha vakili (ombudsman) ning Qoraqalpog‘iston Respublikasidagi vakili bilan hamkorlikda tadbir tashkil etildi.

 

 

Ushbu tadbirning asosiy maqsadi aholining huquqiy savodxonligini oshirish, ularning davlat organlariga murojaat qilish tartibini tushuntirish hamda mamlakatimizda so‘nggi paytlarda qabul qilinayotgan Farmon va qarorlarning mazmun-mohiyatini aholiga yetkazishdan iborat.

 

Tadbirda Ombudsmanning Qoraqalpog‘iston Respublikasi bo‘yicha hududiy vakili J.Shlimbetov, Qoraqalpog‘iston Respublikasi Markaziy saylov komissiyasi a’zosi M.Orazaliyev, Ijtimoiy himoya milliy agentligi Qoraqalpog‘iston Respublikasi boshqarmasi boshlig‘i o‘rinbosari R.Raximov, shuningdek, tuman faollari va fuqarolar ishtirok etdi.

 

Tadbir ishtirokchilariga Yangi O‘zbekistonda milliy saylov qonunchiligi va amaliyoti haqida keng tushunchalar berildi.

 

Tadbirdan so‘ng, fuqarolarning murojaatlarini o‘rganish maqsadida "Ombudsman sayyor qabulxonasi" tashkil etildi.

 

Izoh qoldirish uchun tizimdan ro'yxatdan o'tishingiz zarur