O‘ZBEKISTON RESPUBLIKASI MARKAZIY SAYLOV KOMISSIYASI RAISI QORAQALPOG‘ISTONDA

24.08.2024

308

msk_yangiliklari_in

Joriy yilning 23-24 avgust kunlari oralig‘ida O‘zbekiston Respublikasi Markaziy saylov komissiyasi raisi Zayniddin Nizomxo‘jayev Qoraqalpog‘iston Respublikasida bo‘ldi.

 

U 27 oktyabr kuni mamlakatimizda bo‘lib o‘tadigan muhim siyosiy tadbirga Qoraqalpog‘iston Respublikasida ko‘rilayotgan tayyorgarlik ishlari bilan yaqindan tanishdi.

 

Dastlab Qoraqalpog‘iston Respublikasi Markaziy saylov komissiyasida bo‘lib, bu yerda yaratilgan sharoitlarni ko‘zdan kechirdi. Shuningdek, komissiya a’zolari bilan uchrashib, saylovga tayyorgarlik ko‘rish borasida amalga oshiriladigan chora-tadbirlar haqida fikr almashdi.

 

 

Uchrashuv davomida joriy yilgi saylov jarayonidagi o‘ziga xosliklar, qonunchilikka kiritilgan o‘zgarishlar haqida batafsil va aniq ma’lumotlar berdi.

 

Uchrashuvda Z.Nizamxodjayev Qoraqalpog‘iston Respublikasi Markaziy saylov komissiyasida saylovga ko‘rilayotgan tayyorgarlik va tashkiliy ishlarga yuqori baho berib, saylov uchastkalarini jihozlash va saylovchilarga zarur qulayliklar yaratish, o‘quv-seminarlar tashkil etish, saylovni yuqori saviyada o‘tkazish bo‘yicha tavsiyalar berdi.

 

Shundan so‘ng, O‘zbekiston Respublikasi Markaziy saylov komissiyasi raisi Zayniddin Nizomxo‘jayev Berdaq nomidagi Qoraqalpoq davlat universiteti o‘quv binosida shahar va tuman saylov uchastkalari vakillari uchun tashkil etilayotgan o‘quv-seminarda ishtirok etib, u yerdagi jarayonlar bilan ham tanishdi va siyosiy tadbir saylov uchastkalarida bo‘lib o‘tishini, uchastka saylov komissiyalari faoliyati o‘ta muhimligini ta’kidladi.

 

 

 

 

 

 

 

Izoh qoldirish uchun tizimdan ro'yxatdan o'tishingiz zarur