Saylov byulletenining shakli va matni tasdiqlandi

05.09.2024

4278

msk_yangiliklari_in

Qoraqalpog‘iston Respublikasi Markaziy saylov komissiyasida navbatdagi majlis bo‘lib o‘tdi.

 

Majlisni Qoraqalpog‘iston Respublikasi Markaziy saylov komissiyasi raisi Z.Kamalov ochdi va boshqardi.

 

Majlisda bir mandatli saylov okruglari bo‘yicha Qoraqalpog‘iston Respublikasi Jo‘qorg‘i Kengesi deputatlari, Xalq deputatlari shahar, tuman Kengashlari deputatlari sayloviga doir saylov byulletenining shakli, matni va tavsifini, shuningdek, saylov komissiyalarining ovozlarni sanab chiqish natijalari to‘g‘risidagi bayonnomalarining shakli va matnini tasdiqlash to‘g‘risidagi masala ko‘rib chiqildi.

 

Kun tartibidagi masala yuzasidan Qoraqalpog‘iston Respublikasi Markaziy saylov komissiyasi a’zosi B.Ismailov ma’ruza qildi.

 

Ta’kidlanganidek, Jo‘qorg‘i Kenges va mahalliy Kengash deputatlari sayloviga tegishli saylov byulletenining shakli va matni Markaziy saylov komissiyasi tomonidan tasdiqlanadi.

 

Nomzodning familiyasi, ismi, otasining ismi saylov byulleteniga uning tug‘ilgan yili va uni nomzod etib ko‘rsatgan siyosiy partiya ko‘rsatilgan holda alifbo tartibida kiritiladi.

 

Saylov byulletenlari davlat tilida, shuningdek, tuman, shahar saylov komissiyasining qaroriga muvofiq tegishli hudud aholisining ko‘pchiligi so‘zlashadigan tillarda chop etiladi.

 

Saylov byulletenida uni to‘ldirish tartibi to‘g‘risidagi tushuntirish bo‘lishi kerakligi ta’kidlandi.

 

Zarurat bo‘lsa, saylov byulletenlarini Brayl alifbosi asosida to‘ldirish uchun trafaretlar tayyorlanishi mumkin.

 

Mulohazalardan so‘ng saylov byulletenining shakli va matnini tasdiqlash hamda kun tartibidagi masalalar yuzasidan tegishli qarorlar qabul qilindi.

 

Shu bilan birga, yig‘ilish davomida kalendar rejaga muvofiq saylovga tayyorgarlik ko‘rish borasidagi amalga oshiriladigan ishlar belgilab olindi.

 

 

 

 

Izoh qoldirish uchun tizimdan ro'yxatdan o'tishingiz zarur