06.09.2024

346

msk_yangiliklari_in

Joriy yil 6-sentyabr kuni O‘zbekiston nodavlat notijorat tashkilotlari milliy assotsiatsiyasi Qoraqalpog‘iston Respublikasi hududiy bo‘linmasi va Qoraqalpog‘iston Respublikasi Markaziy saylov komissiyasi bilan hamkorlikda Nukus shahridagi Nodavlat notijorat tashkilotlari uyida saylov qonunchiligi bo‘yicha tushuntirish ishlarini olib borish, kuzatuvchilar uchun milliy qonunchilik hamda xalqaro standartlar asosida kuzatuvni amalga oshirish bo‘yicha NNT vakillari uchun o‘quv seminari tashkil etildi.

 

Seminarni O‘zNNTMA Qoraqalpog‘iston Respublikasi hududiy bo‘linmasi boshlig‘i Q.Karimxodjayev ochdi va olib bordi.

 

 

Tadbirda Qoraqalpog‘iston Respublikasi Markaziy saylov komissiyasi a’zosi G.Nao‘betullayeva milliy saylov qonunchiligimizdagi joriy saylovlarni o‘tkazishdagi o‘zgarishlar, siyosiy tadbirga tayyorgarlik ko‘rish va o‘tkazish bilan bog‘liq  jarayonlar haqida atroflicha ma’lumotlar berdi. Shu bilan birga ovoz berish xonalarini jihozlashga, shu jumladan ularni imkoniyati cheklangan shaxslarga moslashtirishga panduslarning talabga javob berishi, saylov okruglari va uchastkalari binolarining qonunchilik talablariga ko‘ra jihozlanganligini, qo‘yilgan talablar bo‘yicha keng tushuncha berildi.

 

Shuningdek, seminarda O‘zNNTMA Qoraqalpog‘iston Respublikasi hududiy bo‘linmasi boshlig‘i Q.Karimxodjayev saylovda NNTlarning saylov jarayonlari hamda aholining saylovga oid huquqiy madaniyatini oshirish borasidagi roli yuzasidan taqdimot qildi.

 

Tadbir ishtirokchilari o‘zlarini qiziqtirgan savollarga javoblar olishdi. 

 

 

Izoh qoldirish uchun tizimdan ro'yxatdan o'tishingiz zarur