Joriy yilning 21-avgust kuni Qoraqalpog‘iston Respublikasi Markaziy saylov komissiyasida yig‘ilish bo‘lib o‘tdi. Majlisni Qoraqalpog‘iston Respublikasi Markaziy saylov komissiyasi raisi Z.Kamalov ochdi va boshqardi.
Majlis kun tartibida Markaziy saylov komissiyasiga taqdim etilgan imzo blankalari to‘g‘ri to‘ldirilganligi yuzasidan o‘rganish ishlari yakuni hamda siyosiy partiyalarning saylovda ishtirok etishiga ruxsat berish masalasi ko‘rib chiqildi.