Bugun, 31-iyul kuni Qoraqalpog‘iston Respublikasi Markaziy saylov komissiyasining majlisida siyosiy partiyalarning Qoraqalpog‘istondagi vakolatli vakilini ro‘yxatga olishga doir masala ko‘rib chiqildi.
Majlisda Qoraqalpog‘iston Respublikasi Markaziy saylov komissiyasi raisi Z.Kamalov, saylov komissiyasi a’zolari, siyosiy partiyalarning hududiy kengash vakillari va ommaviy axborot vositalari vakillari ishtirok qildi.