09.10.2024

196

msk_yangiliklari_in

Joriy yilning 8 oktyabr kuni Nukus shahrida joylashgan Milliy gvardiyaning Qoraqalpog‘iston Respublikasi mintaqaviy o‘quv markazida Milliy gvardiya harbiy xizmatchilari uchun saylov qonunchiligidagi o‘zgarishlar bo‘yicha targ‘ibot tadbiri o‘tkazildi.

 

Tadbirda Qoraqalpog‘iston Respublikasi Markaziy saylov komissiyasi a’zolari A.Rayimov va E.Orinbayev O‘zbekistonda saylovga tayyorgarlik ko‘rish va uni o‘tkazishning konstitutsiyaviy-huquqiy asoslari haqida ishtirokchilarga ma’ruza qildi.

 

Tadbirda Qoraqalpog‘iston Respublikasi Markaziy saylov komissiyasi a’zolari A.Rayimov va E.Orinbayev O‘zbekistonda saylovga tayyorgarlik ko‘rish va uni o‘tkazishning konstitutsiyaviy-huquqiy asoslari haqida ishtirokchilarga ma’ruza qildi.

 

 

Ma’ruzachilar o‘z so‘zida bu yilgi saylovlar yangicha ruhda o‘tkazilayotgani, saylov qonunchiligidagi yangiliklar va ularning mohiyati yuzasidan batafsil ma’lumot berdi.

 

Mamlakatimizda ilk bor Qonunchilik palatasi deputatligiga saylov aralash saylov tizimi asosida o‘tkaziladi. Tadbir ishtirokchilariga ushbu aralash saylov - majoritar va proporsional saylov tizimining mohiyati va ahamiyati tushuntirildi.

 

Shu bilan birga, tadbir ishtirokchilariga milliy saylov amaliyotiga joriy etilgan yangiliklardan yana biri - "E-saylov" axborot tizimi va uning afzalliklari hamda saylov kampaniyasining muhim bosqichlari haqida ma’lumot berildi. Ta’kidlanganidek, ushbu axborot tizimi saylovchilarga barcha turdagi ma’lumotlarni olish imkonini beradi. Jumladan, deputatlikka nomzodlar, ularning saylovoldi dasturlari, siyosiy partiyalar bo‘yicha batafsil ma’lumot olish mumkin.

 

 

Bundan tashqari, tadbir ishtirokchilarining ovoz berish tartibi bo‘yicha bilim va ko‘nikmalarini oshirish maqsadida ovoz berish jarayonlari, har bir fuqaro shaxsan ovoz berishi zarurligi tushuntirildi.

 

Shuningdek, tadbirda Markaziy saylov komissiyalarining faoliyati, saylovni munosib ravishda o‘tkazishda ularning o‘rni va ahamiyati haqida ham ma’lumotlar berildi.

 

Uchrashuvda ishtirokchilar saylovga oid fikr-mulohazalarini bildirdi va o‘zlarini qiziqtirgan savollarga atroflicha javob oldi.

 

 

Qoraqalpog‘iston Respublikasi Markaziy saylov komissiyasining

Matbuot markazi

Izoh qoldirish uchun tizimdan ro'yxatdan o'tishingiz zarur