HUQUQIY MADANIYATNI OSHIRISH BO‘YICHA O‘QUV-SEMINARI O‘TKAZILDI

14.04.2026

71

msk_yangiliklari_in

Joriy yilning 12-aprel kuni Xo‘jayli tumanida 37-Xo‘jayli okrugiga bo‘shab qolgan o‘ringa Qoraqalpog‘iston Respublikasi Jo‘qorg‘i Kengesi deputati saylovi bo‘lib o‘tishi belgilangan.

 

Shu munosabat bilan 30 va 31-mart kunlari tegishli uchastka saylov komissiyalarining a’zolari uchun o‘quv-seminari tashkil qilindi.

 

O‘quv-seminar O‘zbekiston Respublikasi Markaziy saylov komissiyasining 2024-yil 27-may kuni qabul qilingan «Saylov komissiyalari a’zolarining bilim va ko‘nikmalarini oshirishni tashkil qilish to‘g‘risida»gi 1331-qaroriga asoslangan bo‘lib, seminar davomida komissiya a’zolariga saylovlarga tayyorgarlik ko‘rish va ularni o‘tkazishning konstitutsiyaviy-huquqiy asoslari to‘g‘risida keng turda tushunchalar berildi.

 

Jumladan, Xo‘jayli tumani hokimi o‘rinbosari X.Xalimov va Xo‘jayli tumani hokimligi tashkiliy-kadrlar guruhi rahbari D.Tadjimuratov, Qoraqalpoq davlat universiteti professor-o‘qituvchilari A.Jumanov va Ye.Allambergenovlar O‘zbekiston Respublikasining Saylov kodeksiga muvofiq saylovga tayyorgarlik ko‘rish va uni o‘tkazishga bog‘liq norma, qoidalari bilan bilan komissiya a’zolarini tanishtirib o‘tdi.

 

Shuningdek, seminarda so‘zga chiqqanlar muhim siyosiy tadbirni saylov qonunchiligi talablari asosida yuqori saviyada o‘tkazish bo‘yicha o‘z fikrlarini bildirib o‘tdilar.

 

 

Qoraqalpog‘iston Respublikasi

Markaziy saylov komissiyasi

Izoh qoldirish uchun tizimdan ro'yxatdan o'tishingiz zarur