Saylov uchastkalariga press-tur tashkil etildi

22.10.2024

5

msk_yangiliklari_in

Qoraqalpog‘iston Respublikasi Markaziy saylov komissiyasi Matbuot markazi tashabbusi bilan O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Qonunchilik palatasi, Qoraqalpog‘iston Respublikasi Jo‘qorg‘i Kengesi va mahalliy Kengashlar deputatlari saylovini o‘tkazuvchi Xo‘jayli tumanidagi saylov uchastkalariga press-tur tashkil etildi.

 

Ommaviy axborot vositalari vakillari dastlab Qoraqalpog‘iston Respublikasi markaziy saylov komissiyasi va Matbuot markazi faoliyati bilan tanishdi. Tadbir ishtirokchilariga saylovni o‘tkazish va unga tayyorgarlik ko‘rish bo‘yicha amalga oshirilgan ishlar haqida ma’lumot berildi. 

 

           

 

Shundan so‘ng Qoraqalpog‘iston Respublikasi Markaziy saylov komissiyasi Matbuot markazi a’zolari bilan birgalikda Xo‘jayli tumanidagi 515-saylov uchastkasiga tashrif buyurib, siyosiy jarayonga tayyorgarlik ishlarini ko‘zdan kechirdi. Shuningdek, tadbir ishtirokchilari tumandagi 512-saylov uchastkasida bo‘lib, 27-oktyabr kuni uchastkaga kelib ovoz berish imkoniyatiga ega bo‘lmagan, imkoniyati cheklangan yoki keksalar uchun yaratilgan sharoitlar haqida ham ma’lumot oldi.

 

           

 

Qayd etilganidek, ayrim fuqarolar sog‘lig‘ining holati yoki boshqa sabablarga ko‘ra ovoz berish binosiga kela olmagan taqdirda, ularning iltimosiga ko‘ra uchastka saylov komissiyasi ovoz berishni shu fuqaro turgan joy bo‘yicha, ko‘chma ovoz berish qutilaridan foydalangan holda tashkil etadi. 

 

Ma’lumot uchun, Xo‘jayli tumani bo‘yicha ayni paytda 36 ta uchastka saylov komissiyasi tuzilgan bo‘lib, umumiy saylovchilar soni 77 ming nafardan ziyodni tashkil etadi. 

 

Tadbirda ommaviy axborot vositalari vakillari o‘zlarini qiziqtirgan savollarga batafsil javob oldi.  

Izoh qoldirish uchun tizimdan ro'yxatdan o'tishingiz zarur