12.08.2024

290

msk_yangiliklari_in

Markaziy saylov komissiyasi tomonidan O‘zbekiston Respublikasi Konstitutsiyasi va Saylov kodeksida belgilangan muddatlardan kelib chiqib O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlisining Qonunchilik palatasi va mahalliy kengashlar deputatlari saylovi kampaniyasiga start berilgandan buyon ushbu saylovni yuqori tashkiliy darajada o‘tkazish bo‘yicha hududlarda targ‘ibot ishlari olib borilmoqda.

 

Shu munosabat bilan Yoshlar tomoshabinlar teatrida Qoraqalpog‘iston Respublikasi Ichki ishlar vazirligi xodimlari uchun "Saylov huquqi: inson qadriga yuksak e’tibor" mavzusida huquqiy savodxonlikni oshirishga bag‘ishlangan tadbir tashkil etildi, Qoraqalpog‘iston Respublikasi Jo‘qorg‘i Kengesi deputatlari va Xalq deputatlari shahar va tuman kengashlari saylovlaridagi yangiliklar va o‘zgarishlar haqida keng ma’ruza qildi.

 

Barchangiz xabardorsiz, O‘zbekiston tarixida ilk bor Oliy Majlis Qonunchilik palatasi saylovlari aralash saylov tizimi, ya’ni majoritar va proporsional tizim asosida o‘tkaziladi. Shuningdek, saylovning texnologik yangiligi sifatida ishga tushirilgan "E-Saylov" axborot tizimi joriy etildi. Axborot tizimi boshqa elektron platformalar bilan integratsiyalashgan bo‘lib, saylovdagi ko‘plab tartib-taomillar inson omilisiz to‘liq avtomatlashtirilgan tarzda amalga oshiriladi. Tadbir ishtirokchilari ana shu va boshqa yangilik va o‘zgarishlar haqida batafsil ma’lumotga ega bo‘ldi.

 

Izoh qoldirish uchun tizimdan ro'yxatdan o'tishingiz zarur