HUQUQIY MADANIYATNI OSHIRISH BO‘YICHA TARG‘IBOT TADBIRI O‘TKAZILDI

03.10.2024

163

msk_yangiliklari_in

Joriy yilning 25-sentyabr kuni Qo‘ng‘irot tumanida joylashgan 27-sonli Manzil koloniyasida Qoraqalpog‘iston Respublikasi Markaziy saylov komissiyasi va Ombudsmanning Qoraqalpog‘iston Respublikasidagi vakilxonasi bilan hamkorlikda manzil koloniya xodimlari hamda saqlanayotgan mahkumlar uchun mahkumlarning saylash huquqi va undan foydalanish tartibi bo‘yicha targ‘ibot tadbiri tashkil etildi.

 

Tadbirda O‘zbekistonda saylovlarga tayyorgarlik ko‘rish va ularni o‘tkazishning konstitutsiyaviy-huquqiy asoslari to‘g‘risida keng turda tushunchalar berildi.

 

 

Jumladan, Qoraqalpog‘iston Respublikasi Markaziy saylov komissiyasi a’zosi M.Utepbergenov O‘zbekiston Respublikasi Saylov kodeksining 5-moddasiga asosan, sud tomonidan muomalaga layoqatsiz deb topilgan fuqarolar, shuningdek og‘ir va o‘ta og‘ir jinoyatlar sodir etganlik uchun sudning hukmiga ko‘ra ozodlikdan mahrum etish joylarida saqlanayotgan shaxslar saylovda ishtirok etish huquqidan faqat qonunga muvofiq hamda sudning qarori asosida mahrum etilishi mumkinligi, boshqa har qanday hollarda fuqarolarning saylov huquqlarini to‘g‘ridan to‘g‘ri yoki bilvosita cheklashga yo‘l qo‘yilmasligini ta’kidlab o‘tdi.

 

Shuningdek, seminarda so‘zga chiqqanlar muhim siyosiy tadbirni saylov qonunchiligi talablari asosida yuqori saviyada o‘tkazish bo‘yicha tushunchalar berdi.

 

Qoraqalpog‘iston Respublikasi

Markaziy saylov komissiyasi Matbuot markazi

Izoh qoldirish uchun tizimdan ro'yxatdan o'tishingiz zarur