Qoraqalpog‘iston Respublikasi
Markaziy saylov komissiyasi

Ko'rinish:

Shrift hajmi:

Uchastka saylov komissiyalarining tarkibi tasdiqlandi

16.09.2024

20

msk_yangiliklari_in

Qoraqalpog‘iston Respublikasi Markaziy saylov komissiyasida bo‘lib o‘tgan navbatdagi majlisda uchastka saylov komissiyalarining tarkibini tasdiqlash masalasi ko‘rib chiqildi. 

 

Uni Qoraqalpog‘iston Respublikasi Markaziy saylov komissiyasi raisi Z.Kamalov ochdi va boshqarib bordi. 

 

 

 

Majlisda Qoraqalpog‘iston Respublikasi “Saylov to‘g‘risida”gi Qonunining 14,16,23-moddalariga muvofiq, Qoraqalpog‘iston Respublikasida 1 shahar va 16 ta tuman Kengashlarining “Uchastka saylov komissiyalarining tarkibini tasdiqlash to‘g‘risida”gi masala muhokama etilib, komissiya a’zolariga qo‘yiladigan talablar aytib o‘tildi. 

 

Muhokamalardan so‘ng, Qoraqalpog‘iston Respublikasi Markaziy saylov komissiyasi qarori bilan uchastka saylov komissiyalarining tarkibi tasdiqlandi. Bo‘lib o‘tadigan siyosiy tadbirda 654 uchastka saylov komissiyasiga 6 ming 998 nafar a’zolar tarkibi tasdiqlandi. 

 

 

 

Shuningdek, hamda saylovni o‘tkazish bo‘yicha kalendar rejaga muvofiq amalga oshiriladigan tadbirlar muhokama etilib, vazifalar belgilab olindi.

 

Qoraqalpog‘iston Respublikasi Markaziy saylov komissiyasi Matbuot markazi

 

Izoh qoldirish uchun tizimdan ro'yxatdan o'tishingiz zarur