UZOQ MUDDATLI XALQARO KUZATUVCHILAR QORAQALPOG‘ISTONGA KELDI

03.10.2024

203

msk_yangiliklari_in

Bugun, ya’ni 2 oktyabr-kuni Yevropada Xavfsizlik va Hamkorlik Tashkilotining Demokratik institutlari va inson huquqlari bo‘yicha byurosidan uzoq muddatli kuzatuvchilar Qoraqalpog‘istonga tashrif buyurdi.

 

Xalqaro kuzatuvchilar Qoraqalpog‘iston Respublikasi Markaziy saylov komissiyasida bo‘lib, Saylov komissiyasi raisi Ziyuatdin Kamalov bilan uchrashdi.

 

 

Uchrashuv chog‘ida mehmonlarga joriy yil 27-oktyabrda mamlakatimizda bo‘lib o‘tadigan O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Qonunchilik palatasi, Qoraqalpog‘iston Respublikasi Jo‘qorg‘i Kengesi va xalq deputatlari mahalliy Kengashlari deputatlari saylovlari o‘tkazilishi va uning o‘ziga xos xususiyatlari bo‘yicha ma’lumot berib o‘tildi.

 

Shuningdek, xalqaro kuzatuvchilar Karl Petersen va Rudolf Mattias Qoraqalpog‘iston Respublikasi Markaziy saylov komissiyasi raisi Ziyuatdin Kamalov bilan bo‘lgan muloqot davomida o‘zlarini qiziqtigan savollarga javoblar oldi.

 

Barchangizning xabaringiz bor, Qoraqalpog‘iston Respublikasi Markaziy saylov komissiyasi qarori bilan 654 uchastka saylov komissiyalari tashkil etilgan bo‘lib, ulardagi 6 ming 998 nafar a’zolar tarkibi tasdiqlangan. Ayni vaqtda barcha hududlarda saylovlarni o‘tkazish bo‘yicha kalendar rejaga muvofiq tayyorgarlik ishlari davom etmoqda.

 

Bo‘lajak saylovlarning ochiq va oshkora o‘tishida xalqaro va mahalliy kuzatuvchilar institutining o‘rni muhim, albatta. Tashrif buyurgan uzoq muddatli kuzatuvchilar ham Qoraqalpog‘iston Respublikasi Markaziy saylov komissiyasi raisi Ziyuatdin Kamalov bilan muloqoti davomida bu borada hamkorlikda ishlashini va samimiy qabul uchun minnatdor ekanliklarini bildirdi.

 

 

 

 

Qoraqalpog‘iston Respublikasi

 

Markaziy saylov komissiyasi Matbuot markazi

Izoh qoldirish uchun tizimdan ro'yxatdan o'tishingiz zarur