Qoraqalpog‘iston Respublikasi Markaziy saylov komissiyasi raisi muddatidan oldin ovoz berdi

23.10.2024

195

msk_yangiliklari_in

Xabaringiz bor, Markaziy saylov komissiyasining 2024 yil 8 oktyabrdagi "Saylovchilarning muddatidan oldin ovoz berishini tashkil etish to‘g‘risida"gi qaroriga muvofiq, joriy yilning 16 oktyabr sanasidan boshlab barcha saylov uchastkalarida muddatidan oldin ovoz berish jarayonlari boshlangan edi.

 

Yuqorida qayd etilgan qarorga muvofiq, saylov kuni o‘z yashash joyida bo‘lish imkoniyatiga ega bo‘lmagan saylovchilar muddatidan oldin ovoz berish huquqidan foydalanishi mumkin.

 

                 

 

Bugun, ya’ni 23 oktyabr kuni Qoraqalpog‘iston Respublikasi Markaziy saylov komissiyasi raisi Ziyovuddin Kamalov Nukus shahridagi 36-saylov uchastkasida muddatidan oldin ovoz berdi.

 

Saylov kuni Markaziy saylov komissiyasida ham ish qizg‘in bo‘ladi. Shuni hisobga olib, bugun muddatidan oldin ovoz berishda qatnashyapman, - deydi Ziyovuddin Kamolov. - Saylov uchastkasida ovoz berish uchun barcha sharoitlar yaratilgan. O‘zim munosib deb bilgan nomzodlarga va partiyaga yashirincha ovoz berdim.

 

 

               

 

Qoraqalpog‘iston Respublikasi Markaziy saylov komissiyasining

 

Matbuot markazi

Izoh qoldirish uchun tizimdan ro'yxatdan o'tishingiz zarur