12.08.2024

819

msk_yangiliklari_in

Bugun Markaziy saylov komissiyasi tomonidan O‘zbekiston Respublikasi Konstitutsiyasi va Saylov kodeksida belgilangan muddatlardan kelib chiqib, O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Qonunchilik palatasi va mahalliy Kengashlar deputatlari saylovi kampaniyasiga start berildi.

 

O‘zbekiston Respublikasi Konstitutsiyasining 128-moddasiga va O‘zbekiston Respublikasi Saylov kodeksining 14-, 36-moddalariga muvofiq, O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlisining Qonunchilik palatasi hamda mahalliy Kengashlar deputatlari saylovlari 2024-yil 27-oktyabr, yakshanba kuni o‘tkaziladi.

Izoh qoldirish uchun tizimdan ro'yxatdan o'tishingiz zarur