HUQUQIY MADANIYATNI YUKSALTIRISH BO‘YICHA O‘QUV-SEMINARI BO‘LIB O‘TDI

16.06.2025

56

msk_yangiliklari_in

Joriy yilning 15-iyun kuni Ellikqal’a tumani 17-sonli "Qumbosqon" va To‘rtko‘l tumanida 18-sonli "Yangiyo‘l" okruglarida bo‘shab qolgan o‘ringa Xalq deputatlari tuman Kengashlari deputati saylovi bo‘lib o‘tishi belgilangan.

 

Shu munosabat bilan tuman saylov komissiyasi a’zolari, tegishli uchastka saylov komissiyalari raisi, o‘rinbosari, kotiblari va a’zolari uchun 2-5-iyun kunlari o‘quv-seminari tashkil etildi.

 

 

O‘quv-seminar O‘zbekiston Respublikasi Markaziy saylov komissiyasining 2024-yil 27-may kuni qabul qilingan "Saylov komissiyalari a’zolarining bilim va ko‘nikmalarini oshirishni tashkil etish to‘g‘risida"gi 1331-sonli qaroriga asoslangan bo‘lib, seminar davomida komissiya a’zolariga saylovlarga tayyorgarlik ko‘rish va ularni o‘tkazish bo‘yicha tartib-qoidalar bilan keng tarzda tushuntirishlar berildi.

 

Jumladan, Qoraqalpog‘iston Respublikasi Markaziy saylov komissiyasi kotibi A.Allaniyazov, Qoraqalpoq davlat universiteti professor-o‘qituvchi murabbiylari A.Jumanov va Ye.Allambergenov, Ellikqal’a va To‘rtko‘l tumani hokimligining tashkiliy-kadrlar guruhi rahbarlari A.Xudaybergenov va A.Iskandarovlar, Tuman saylov komissiyasi raislari Saylov qonunchiligiga muvofiq saylovga tayyorgarlik ko‘rish va uni o‘tkazishga oid norma, qoidalar bilan komissiya a’zolarini tanishtirib o‘tdi.

 

 

 

Shuningdek, seminarda so‘zga chiqqanlar muhim siyosiy tadbirni saylov qonunchiligi talablari asosida yuqori saviyada o‘tkazish yuzasidan o‘z fikr-mulohazalarini bildirib o‘tdi.

 

Qoraqalpog‘iston Respublikasi

 Markaziy saylov komissiyasi

 

Izoh qoldirish uchun tizimdan ro'yxatdan o'tishingiz zarur