MUDDATIDAN OLDIN OVOZ BERISH JARAYONI BOSHLANDI

16.10.2024

178

msk_yangiliklari_in

Bugun, ya’ni 16-oktyabr kuni Markaziy saylov komissiyasining 2024-yil 8-oktyabrdagi “Saylovchilarning muddatidan oldin ovoz berishini tashkil etish to‘g‘risida”gi qaroriga muvofiq, Qoraqalpog‘iston Respublikasidagi saylov uchastkalarida ham muddatidan oldin ovoz berish jarayonlari boshlandi. 

 

Yuqorida keltirilgan qarorga ko‘ra, O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Qonunchilik palatasi va xalq deputatlari Kengashlari deputatlari saylovi kuni o‘z yashash joyida bo‘lish imkoniyatiga ega bo‘lmagan saylovchilar uchun saylov uchastkalarida muddatidan oldin ovoz berishda ishtirok etadilar.

 

             

 

Bugun, Nukus shahridagi 32-sonli maktab binosida joylashgan 19-saylov uchastkasiga hudud aholisi ham muddatidan ovoz berish uchun tashrif buyurdi. Uchastka saylov komissiyasi raisi Gulnara Tajenova saylovchilarga muddatidan ovoz berish tartib-qoidalarini tushuntirdi.

 

Saylov kuni safarda bo‘lishimizni hisobga olib, bugun muddatidan oldin ovoz berishda ishtirok etmoqdamiz, - deydi Oserbay Adilov. – Saylov uchastkasida ovoz berish uchun barcha sharoitlar yaratilgan. O‘zim munosib deb bilgan nomzodlarga va partiya yashirin turda ovozimni berdim.

 

Qoraqalpog‘iston Respublikasidagi saylov uchastkalarida muddatidan ovoz berish uchun sharoitlar yaratilgan va bu jarayonlar davom etmoqda.

 

Ma’lumot uchun, bugun boshlangan muddatidan oldin ovoz berish jarayonlari 2024-yil 23-oktyabr kuni yakunlanadi. Ovoz berish mahalliy vaqt bilan ish kunlari soat 9:00 dan soat 18:00 ga qadar, dam olish kunlari soat 11:00 dan soat 17:00 ga qadar davom etadi.

 

 

Qoraqalpog‘iston Respublikasi Markaziy saylov komissiyasi

Matbuot markazi

Izoh qoldirish uchun tizimdan ro'yxatdan o'tishingiz zarur