2024 yil 10 avgust kuni Markaziy saylov komissiyasining O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Qonunchilik palatasi, xalq deputatlari viloyat, tuman va shahar Kengashlari sayloviga tayyorgarlik ko‘rish hamda uni o‘tkazish bilan bog‘liq tashkiliy masalalarga bag‘ishlangan yig‘ilishi bo‘lib o‘tdi.
Unda Qoraqalpog‘iston Respublikasi Markaziy saylov komissiyasi raisi Z.Kamalov va saylov komissiyasi a’zolari ham videokonferensaloqa tarzida ishtirok etdi.