Bugun, ya’ni 23 oktyabr kuni MDH Parlamentlararo Assambleyasidan Demokratiyaning rivojlanishi, parlamentarizm va fuqarolarning saylov huquqlariga rioya etilishini monitoring qilish xalqaro instituti maslahatchisi Volkov Yuriy Nikolayevich Qoraqalpog‘iston Respublikasi Markaziy saylov komissiyasida bo‘lib, komissiya faoliyati bilan yaqindan tanishdi.
Xalqaro kuzatuvchini Qoraqalpog‘iston Respublikasi Markaziy saylov komissiyasi raisi Ziyovuddin Kamalov kutib oldi.
U dastlab saylov komissiyasi joylashgan binoda komissiya faoliyati va saylovga oid ma’lumotlarni ko‘zdan kechirdi. So‘ngra, Qoraqalpog‘iston Respublikasi Markaziy saylov komissiyasi huzuridagi Matbuot markazi va komissiya a’zolari bilan uchrashdi.
Xalqaro kuzatuvchi Komissiya raisiga samimiy qabul uchun minnatdorlik bildirib, shundan so‘ng saylov uchastkalari faoliyati bilan tanishishini ma’lum qildi.
Qoraqalpog‘iston Respublikasi Markaziy saylov komissiyasining
Matbuot markazi